Yomon avlod ajdodlarini maqtaydi.
• Tegirmonda bo‘lgan urushda bo‘lgan bilan tortishdi.
• Suvga borishni o‘rgangan ko‘za daryoda qoldi.
• Og‘izdan chiqmagan so‘z ― sening quling, chiqib ketganiga sen qulsan.
• O’lik kafansiz qolmadi, kelin ― sepsiz.
• Ishlayotganlar orasiga tushsang ― ishla, yeyayotganlar orasiga tushsang ― ye.
• Zotli qush inidan kuylashni boshlaydi.
• Mol o‘g‘irlangandan so‘ng molxonani qulflamaydilar.
• Chinor qulaganda ovozi chiqmasa, qulagandan so‘ng ham chiqmaydi.
• Yoz bo‘yi yotgan qish bo‘yi yuguradi.
• "Ayiq bilan bo‘ri urushaversin, moyli ko‘zani men yeyman", ― debdi tulki.
• Uyni yondirsa ham olov yaxshi, dalani yondirsa ham Quyosh yaxshi.
• Bir marta qoqilsang, yana yetti marta qoqinasan.
• Quruq gap bilan mehmonni boqolmaysan.
• Sharmandali hayotdan yaradan o‘lgan afzal.
• Ketishdagi emas, kelishdagi o‘lchov to‘g‘ri.
• Molboqarni so‘kishsa, ikki echkisi bor uyalib ketdi.
• Qurol bir kishi o‘ldiradi, til ― ming kishini.
• Izg‘igan tulki yotgan bo‘rini yutdi.
• Cho‘ntakda pul bilan qorli tog‘dan tarvuz olasan.
• Xotining bilan maslahatlash, lekin teskarisini qil.
• O’t bilan o‘ynashma, suvga ishonma.
• Yaxshi do‘st bilan dunyoning narigi chetiga ham ketsang arziydi.
• Qizingga ayt ― kelining eshitsin.
• Xunuk qarg‘a xunuk qag‘illaydi.
• Eshakning oldida turgan sigir eshakka o‘xshab hangradi.
• Ko‘r boshqaning ko‘zidagi dog‘ni ko‘ribdi.
• "Bilmayman" so‘zi ming dinordan qimmat.
• Xotinning o‘limi ― to‘shak almashishi.
• Itning dumiga suv yetmaguncha suzmaydi.
• Tishlangan olmani qayta yopishtirib bo‘lmaydi.
• Qarisang ― yosharmaysan, o‘lsang ― iymon keltirmaysan.
• Suvdan qutulib tegirmon ostida qoldi.
• Sen mag‘rur qo‘y bo‘lsang ham bo‘rilar o‘sha-o‘sha.
• Qari bola ko‘rmoqchi edi, zo‘riqishdan o‘lib qoldi.
• Birovning tanasidagi o‘q daraxtga sanchilgan kabidir.
• Jinni mastga yo‘l bo‘shatdi.
• Bola uylandi ― onaning beli egildi, qizini chiqardi ― beli to‘g‘rilandi.
• To‘kin kuz chiroyli bahordan afzal.
• Bashang kiyingan menga turmushga chiqmaydi, oddiy ko‘ylakdagini men olmayman.
• Quyosh chiqmagan yer isimaydi.
• Sabr ― g‘alaba qarorgohi.
• Pismiqqa ishonma, tezobdan qo‘rqma.
• Faqat urushgina urushga zarba beradi.
• O’g‘riga faqat o‘g‘ri yordam beradi.
• Yuragi bepushtning tili serpush.
• Bo‘ridan qo‘rqqan cho‘ponning qo‘ylari ko‘paymaydi.
• Erta turgan cho‘ponning qo‘ylari ikkitadan tug‘adi.
• Eshigi oldida xo‘roz ham botir.
• Yomg‘irdan qochib, sharsharada qoldi.
• Yozda ilonni ko‘rgan qishda arqondan ham qo‘rqadi.
• Nodonning aqli ― sukut.
• Bolalikda olingani toshga o‘yilgandek.
• Eshakning dumiga osilgan cho‘kib ketdi, otning dumiga osilgan omon qoldi.
• Bilim ― ziyo, bilmaslik ― zulmat.
• Maqtalgan chavandoz bilan ot uzoqqa chopolmaydi.
• Sen turgan tepalik balandga o‘xshaydi.
• Yaxshi qurbaqa o‘z botqog‘ida yashaydi.
• Yaxshi otga bir qamchi ursang bir yilga yetadi.
• Yaxshi farzand ota qalbini quvnatadi.
• Yaxshi farzand ― qo‘rg‘on, yomon farzand ― kulfat.
• Makkaga olib borsang ham sarimsoqning achchiqligi qolmaydi.
• Tovuq kabi yashagandan xo‘roz kabi o‘lgan afzal.
• Tilamchilik qilgandan cho‘pon bo‘lish sharafliroq.
• Qozondagini kapgir biladi.
• Aqlda bori so‘zga sakrab chiqadi.
• Senga nima yoqsa, o‘sha go‘zal.
• Olmadan faqat olma pishadi.
• Tilning oyog‘i yo‘q, lekin uzoqqa boradi.